WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro innovatsiyalar universiteti

Qurilish muhandisligi

Bakalavr Kechki 4.5 yil Xalqaro akkreditatsiya

Dastur haqida

 Qurilish muhandisligi yo'nalishi (Kechki ta'lim)

  "Qurilish muhandisligi" bakalavriat yo'nalishi (60730300) talabalarda zamonaviy binolar va inshootlarni
  loyihalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilish bo'yicha chuqur muhandislik bilim va ko'nikmalarini
  shakllantirishga qaratilgan. Kechki ta'lim shakli qurilish sohasida ishlayotgan mutaxassislarga kasbiy
  faoliyatini ilmiy bilim bilan boyitish va malakasini oshirish imkonini beradi.

  Yo'nalishning maqsadlari

  Talabalarni zamonaviy qurilish texnologiyalari, BIM va CAD tizimlaridan foydalanib turli ob'ektlarni
  loyihalashtira oladigan, qurilish jarayonlarini samarali boshqarishga qodir yuqori malakali
  muhandis-quruvchilar sifatida tayyorlash.

  Asosiy o'quv fanlari:

  • Qurilish materiallari va texnologiyasi
  • Binolar va inshootlar konstruksiyalari
  • Konstruksiyalar mexanikasi va materiallar mustahkamligi
  • Qurilish ishlari texnologiyasi va tashkil etilishi
  • Geodeziya va muhandislik geologiyasi
  • BIM va CAD texnologiyalari (AutoCAD, Revit, ArchiCAD)
  • Qurilish iqtisodiyoti, smeta ishi va xarajatlarni rejalashtirish
  • Qurilish loyihalarini boshqarish
  • Arxitektura va shaharsozlik asoslari
  • Gidravlika va sanitariya-texnik tizimlar

  Talabalar egallaydigan ko'nikmalar:

  • Binolar va muhandislik inshootlarini loyihalashtirish
  • BIM va CAD dasturlarida (AutoCAD, Revit) ish bajarish
  • Qurilish ishlarini nazorat qilish va texnik xavfsizlikni ta'minlash
  • Smeta hisob-kitoblari va qurilish xarajatlarini hisoblash
  • Geodezik o'lchov va dala ishlarini olib borish

  Kasbiy faoliyat imkoniyatlari

  Bitiruvchilar qurilish va loyihalash tashkilotlari, davlat qurilish nazorati idoralari, arxitektura
  ustaxonalari, ko'chmas mulk va devolopment kompaniyalari hamda xalqaro qurilish firmalarida qurilish muhandisi,
   loyihalovchi, smetachi, BIM-mutaxassis, qurilish nazoratchisi va loyiha menejeri sifatida faoliyat
  yuritishlari mumkin.

  Davomiyligi: 4,5 yil (bakalavriat) | Ta'lim shakli: Kechki | Ta'lim tili: O'zbek va Rus tillari

O'xshash dasturlar