WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

Qurilish muhandisligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Qurilish muhandisligi

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi orqali hozirgi inshootlar, yo‘llar, ko‘priklar, gidrotexnik va sanoat obyektlarini loyihalash, qurish, ularning texnik xizmatlarini ko‘rsatish va samarali ishlashini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan yo‘nalishdir. Talabalar qurilish materiallari, strukturalar mustahkamligi, zamonaviy qurilish texnologiyalari, ekologik muvofiqlik, barqaror rivojlanish, loyiha boshqaruvi va qurilishdagi innovatsiyalarni chuqur o‘rganadilar. Ushbu yo‘nalish talabalariga har qanday inshootning barqaror va xavfsiz ishlashini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan texnik va ilmiy bilimlarni berib, ularni qurilish sohasida yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlaydi. Shuningdek, ular inson hayoti va tabiiy resurslar xavfsizligini ta'minlashga yo‘naltirilgan ekologik jihatlarni hisobga olishga o‘rgatiladi.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6420 soat

Malkaviy amaliyot: 360 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 420 soat

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

113

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

12

6,8

Attestatsiya

16

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1 – 8

Jami

204

   

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit-modul tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar