Dastur haqida
Ushbu ta’lim dasturi talabalarga kinoteleoperatorligi yo‘nalishida chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Dars jarayonida tasvir kompozitsiyasi, yorug‘lik va rang bilan ishlash, kamera harakatlari, vizual dramaturgiya, kino va televideniyedagi janr xususiyatlari, hamda rejissyor bilan ijodiy hamkorlik asoslari o‘rgatiladi.
Talabalar real suratga olish jarayonlarida ishtirok etadi, zamonaviy texnik vositalar bilan ishlashni, kamera harakatlarini boshqarish, yorug‘lik dizayni va tasvir orqali mazmun yetkazish usullarini amaliyotda o‘zlashtiradilar.
Bu yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olgan talabalar kelajakda film va televideniye loyihalari uchun yuqori malakali operator sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Biz bilan ta’lim oling — va tasvir orqali hikoya qilish san’atida o‘z o‘rningizni toping!
Mazkur ta’lim dasturida siz 7 semestr (4 yil) davomida 240 kredit to ‘plashingiz zarur bo ‘ladi.
Jami auditoriya soati 3030 soat
Malakaviy amaliyot soati 450 soat
Bitiruv malakaviy ishi 240 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat atestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1-7 |
Bitiruv malakaviy (ijodiy) ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot (Tanishuv amaliyoti, O‘quv amaliyoti, Ishlab chiqarish amaliyoti, Bitiruv oldi amaliyoti) |
15 |
2,4,6,8 |
|
|
Attestatsiya |
14 |
1-7 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
54 |
1-8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
240 |
|
Izoh:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
- “Fotokompozitsiya” fani 6 ta qismga bo‘linib o‘qitiladi.
- “Kinoteleoperatorlik mahorati” fani 7 ta qismga bo‘linib o‘qitiladi.
- “Kinokompozitsiya” fani 6 ta qismga bo‘linib o‘qitiladi.
- “Montaj” fani 7 ta qismga bo‘linib o‘qitiladi.
- O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
- San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-4 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.
- Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
- O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- * Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ fan sifatida o‘qitiladi.
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga