Dastur haqida
1.2.1. 60110800-Kimyo ta'lim yo'nalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:
- umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda kimyo fani oʻqituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish; oʻrta maxsus va professional ta'limda kimyo fani o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
- O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish;
-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;
- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy taʼlimda laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. 60110800-Kimyo ta'lim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:
- umumiy oʻrta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
- ishlab chiqarish korxonalari analitik laboratoriyalarida;
- davlat boshqaruv organlari, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;
60110800-Kimyo ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan so'ng, umumiy oʻrta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida kimyo fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, kimyo muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega boʻladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—