Dastur haqida
METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKULTETI
60710100-Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar)
Bu yo‘nalishda tahsil olgan talabalar ishlab chiqarish korxonalaridagi texnologik jarayonlarni va shu jarayonda qo‘llaniladigan jihozlarning ishlash prinsipini, jarayonda sodir bo‘ladigan reaksiyalarni o‘rganadi.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
amaliy |
Laboratoriya |
seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
3020 |
1258 |
1192 |
480 |
90 |
3 ta |
450 |
3580 |
1-bosqichda o’quv rejada belgangan barcha fanlar o‘zbek va rus tilida olib boriladi. Tanishuv amaliyotlari ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi
2-bosqichdan o’quv rejadagi barcha fanlar o‘zbek va rus tilida olib boriladi. Malakaviy amaliyotlar ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi
3-bosqichda o’quv rejadagi barcha fanlar o’zbek va rus tilida olib boriladi. Ishlab chiqarish amaliyotlari ishlab chiqarish korxonalarid0a olib boriladi
4-bosqichda o’quv rejadagi barcha fanlar o’zbek va rus tilida olib boriladi. Bitiruv oldi amaliyoti ishlab chiqarish korxonalarida olib boriladi
4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng kimyogar-muhandis-texnolog mutaxassisligi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
Xorijlik talabalar uchun kontrak to'lovlari 1000 AQSH dollari qilib belgilangan.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari Oliy ta'lim muassasasi hamda va ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari Oliy ta'lim muassasasi hamda va ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
116 |
1-8 |
|
Attestatsiyalar |
16 |
1-8 |
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
8 |
1-8 |
|
Amaliyot |
15 |
2,4,6,8 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
Ta’til haftalari |
44 |
1-8 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
Jami |
207 |
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 3.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 24.06.2024-02.09.2024)
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 22.07.2024-02.09.2024)
- 4-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- aprel oyining 4-haftasigacha may oyining 2-haftasigacha (2024-yil uchun 22.04.2024-11.05.2024)
FANLAR
- Analitik kimyo
- Fizik kimyo
- Kolloid kimyo
- Umumiy kimyoviy texnologiya
- Energotexnologiya
- Yo‘nalishga kirish
- Korxona jixozlari
- Tahlilning fizik kimyoviy usullari
- Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar
- Kimyo sanoati mashina va jihozlari
- Ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtirish
- Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi
- Noorganik moddalar ishlab chiqarishning uskunalari va loyihalash
- Mineral o‘g‘itlar texnologiyasi
- Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi
- Mineral xom ashyoni biotexnologik qayta ishlash asoslari
- Instrumental tahlil usullari
- Organik sintez texnologiyasi
- Biokimyo va biotexnologiya asoslari
- Kalsinatsiyalangan soda texnologiyasi
O'xshash dasturlar
Olmaliq davlat texnika instituti
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)
9 500 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Mexanika muhandisligi
9 500 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat transport universiteti
Aviatsiya muhandisligi
—
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Aerokosmik muhandisligi
—
Olmaliq davlat texnika instituti
Arxitektura
11 000 000 so'm
yiliga
Olmaliq davlat texnika instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari)
9 500 000 so'm
yiliga