WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Namangan davlat pedagogika instituti

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60530200-GEOGRAFIYA TA’LIM DASTURI HAQIDA

Ta`lim yo‘nalish nomi:  “60530200-Geografiya”

Ta`lim yo‘nalishi tavsifi: Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi ilm-fan va tabiatshunoslik sohasidagi yetakchilardan biri bo’lgan “Geografiya” yo’nalishi bo’yicha bilim va malakalarga ega bo’lasiz. Yer haqidagi bilimlar bilan aloqador bo’lgan ilmiy-tadqiqot va pedagogik ishlar majmuasini qamrab oladi.

Siz 4 yil davomida “60530200-Geografiya” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6420 soat

Malkaviy amaliyot: 360 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 420 soatni tashkil etadi.

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

113

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

12

6,8

Attestatsiya

16

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

5

8

Ta’tillar

50

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

8

1 – 8

Jami

204

 

 

 

Ta`lim yo`nalishi uchun kreditlar taqsimoti:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

Mazkur baklavriat ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari o’z mutaxassiliklari bo’yicha quyidagi ob’ektlarda faoliyat olib borishlari mumkin;

  • umumiy o’rta, o’rta mahsus, professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo’nalishiga oid fanlarni o’qitishda,
  •  O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida,
  •  ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlarida,
  •  tabiiy resurslarni baxolash, davlat kadastrlarini yuritish va ulardan foydalanish tashkilotlarida,
  • Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashkilotlarida,
  • Rekreatsiya va turizmini rivojlantirishga yo’naltirilgan tashkilotlarda,
  • Geoahborot tizimlari va geofazoviy taxlil, kartografiya  sohalari bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlarda,
  • Hududlarni kompleks taxlil qilish, rivojlantirish hamda tabiatdan foydalanish reja va loyihalarni ishlab chiqish tashkilotlarida,
  • Turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va hizmat ko’rsatish korxonalarida.

O'xshash dasturlar