WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, suvni yig‘ish, suv oqimlarini boshqarish, sug‘orishda va suv tarqatishda suv resurslaridan ratsional foydalanishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, shu jumladan suv  xo‘jaligida avtomatlashtirishning vositalarini  texnik ekspluatatsiyasi va ulardan effektiv foydalanishni ta’minlash  uchun inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari: suv xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori unumdorlikka ega texnologik jarayonlar, apparatlar va jihozlarni  nazorat qilish, rostlash va boshqarish tizimlari, ularni sozlash, ekspluatatsiya qilish usullari va vositalari, shuningdek nazorat, rostlash va boshqarish tizimlarining loyiha hujjatlari, ta’lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-tarbiya jarayoni. Shuningdek, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishi mumkin.

O'xshash dasturlar