WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat texnika universiteti

Sun'iy intellekt

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60610500 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatining sohalari bo‘yicha - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik hamda dasturiy taʼminoti, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, raqamli texnologiyalar va tegishli vazirliklar tizimidagi korxonalar, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari, axborotni qayta ishlash, mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy taʼminoti, dasturiy mahsulotlar va hisoblash texnikasi apparat vositalarini ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlari, axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalarining texnik hamda dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari, davlat harbiy sohasi, ichki ishlar organlari, davlat boshqaruv organlari, oʻrta maxsus kasbiy taʼlimning davlat va nodavlat muassasalari kompleks masalalarni yechishda, ilmiy-tadqiqot jarayonlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.

Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining loyihalash usullarini tadqiq qilish, kompyuter va kommunikatsion texnikaning ishlash tartibi hamda qoidalarini o‘rganish, dasturlash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish usullarini qo‘llash, mahsulotni sertifikatlashtirish, dasturiy ta’minot yaratishda axborot bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha matematik modellardan foydalanish, dasturiy ta’minot yaratish algoritmlari va matematik ta’minotlarini ishlab chiqish, apparat-dasturiy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish, dasturiy hamda apparat-dasturiy ta’minotni integratsiyalash, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim sifatida ishlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, kompyuter injiniringi sohasidagi tashkilotlarda kompleks masalalarni yechish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi

O'xshash dasturlar