Dastur haqida
San'atshunoslik (Xoreografiya bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta'limning o‘quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi. Uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabaga “bakalavr” malakasi (darajasi) hamda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat beriladi. O‘zlashtirish me'yoriy muddati-4 yil. San'atshunoslik (Xoreografiya bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar asosiy, umumta'lim va maxsus tayyorgarligiga mos ravishda kasbiy faoliyatning o‘zbek va jahon xoreografiya san'ati tarixini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; o‘zbek milliy raqs san'atini o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish va targ‘ib etish, uning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot institutlar, radio, televidenie, gazeta va jurnal redaksiyalari, ma'naviy -ma'rifiy markazlar, madaniyat va san'at muassasalari, o‘rta-maxsus madaniyat va san'at o‘quv yurtlarida ishlash; o‘zbek va jahon xoreografiya san'ati tarixini o‘rganish; raks usullarini tadqiq qilish; badiiy tahlilni o‘rganish; ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘zlashtirish; xoreografiya san'atining yetkazib berish vositalarini o‘rganish; xoreografiya asarida badiiy obrazlarni yaratish usullari tadqiqoti; xoreografiyadagi dramaturgiya qonunlarini qo‘llash imkoniyatlarini tadqiqot etishi shart.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Mediashunoslik
62 937 500 so'm
yiliga
Buxoro davlat universiteti
Madaniyatshunoslik
—
Termiz davlat universiteti
Dizayn (kostyum)
9 397 500 so'm
yiliga
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Musiqa ta'limi
10 000 000 so'm
yiliga
Alfraganus universiteti
Dizayn
25 000 000 so'm
yiliga
AFRASIAB UNIVERSITY
Dizayn
18 000 000 so'm
yiliga