WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Arxeologiya

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

70220401 ─ Arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi shaklida amalga oshiriladi. O‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.
70220401 ─ Arxeologiya ─ san’at va gumanitar fanlar sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat, pedagogik ilmiy ─ uslubiy faoliyat, muzey va ilmiy muzeylarda, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni o‘rganish va qo‘riqlash muassasalar bo‘linmalarida, ma’naviyat va ma’rifat markazlari, tarmok universitetlari, malaka oshirish institutlari, madaniyatning funksional tizimlarini ishlab chikuvchi va targ‘ib qiluvchi birlashmalar faoliyat ko‘lamini qamrab oladi.
70220401 ─ Arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari: ilmiy tadqiqot faoliyati;
pedagogik faoliyat;
tashkiliy ─ boshqaruv faoliyati;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati.

O'xshash dasturlar