WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Farg‘ona davlat universiteti

Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70540201 ─ Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) magistratura ta’lim yo‘nalishi Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’limi muassasalarida matematik fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy ─ tadqiqot institutlarida, ilmiy ─ tadqiqot markazlarida, loyihalash institutlarida, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadkiqot ishlarini olib borish, matematik metodlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanadigai sohalarda ilmiy ─ tadqiqot faoliyati, jarayonlar va obyektlarning matematik modellaridan foydalanib turli masalalarni yechish va ularning dasturiy ta’minoti, tadqiqotlar olib borish, loyiha ─ konstruktorlik faoliyatini dasturiy ─ axborot ta’minotini ta’minlashga oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7 ─ malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi mamlakatimiz va chet ellarda hosil qilingan ilg‘or tajribalarni inobatga olgan holda, mutaxassislikka oid yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar va ilmiy ─ tadqiqot loyihalarini o‘rganish, taxlil qilish va umumlashtirishi, kasbiy faoliyatiga mos ilmiy adabiyotlarni, ilmiy tadqikot loyihalarini va yangi ilmiy natijalarni o‘rganish, ilmiy ─ tadqiqotlarni o‘tkazish va yangi ilmiy hamda amaliy natijalarni olish, ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish, Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy ─ pedagogik xamda o‘rta, o‘rta maxsus, kasb ─ hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatda (o‘rnatilgan tartibda), loyihalarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish, ijrochilar va ilmiy tadqiqot jamoasi ishini tashkil qilish va boshqarish, mutaxassislik bo‘yicha amaliy matematika sohasida mavjud holatning analitik obzorlarini (tahlillarini) ishlab chiqish kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

O'xshash dasturlar