WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70310107-Monopoliyaga qarshi boshqarish va raqobatni rivojlantirish Magistratura mutaxassislar tayorlash kundizgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Mutaxassislik buyicha oʻqitish kredit-modul tizimi asosida  tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me'yoriy muddati 2 yil.

Umumiy kompetensiyalar:


- ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, 
umummetodologik fanlar asosi, iqtisodiy muammolar va jarayonlarni 
mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid xujjatlar va 
ishlar mohiyatini tushunishi, ilmiy tadqiqot va pedagogika 
metodologiyasini bilishi va kasbiy faoliyati undan zamonaviy ilmiy asosda 
kasb faoliyatida foydalana bilish;
- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va 
mexnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
- o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil 
qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
- o‘z faoliyatida me'yoriy-huquqiy xujjatlardan foydalana olishi, 
o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
- internet tarmog‘idan axborotlarni olish, saqlash, qayta ishlashning 
asosiy usullari va vositalariga eta bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi 
sifatida kompьyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, axborotlashgan jamiyat 
sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va axamiyatini tushunish, 
axborot xuruji xavfi va tahdidlarni anglash, axborot xavfsizligining 
asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi.
 

O'xshash dasturlar