WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70810101-Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari - yer, suv va moddiy-texnika resurslari, kishloq xoʼjaligi ekinlari, chorva mollari, parranda va boshqa jonivorlarni parvarishlashda qoʼllaniladigan mexanizatsiyalashgan texnologiyalar, mashina va asbob-uskunalar, qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarish jarayonlari, agrosanoat majmui korxonalari va tashkilotlarining boshqaruv tizimlari, qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash boʼyicha ilmiytadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlari, texnikalardan samarali foydalanish va texnik servishamda agrar sohada mashinalardan foydalanish bilan bogʼliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʼyicha) mutaxassisligi boʼyicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining obʼektlari: yer, suv va moddiy-texnika resurslari, qishloq xoʼjaligi ekinlari, mashina va asbob-uskunalar, qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashdagi ishlab chiqarish, ilmiytadqiqot va loyiha-konstruktorlik jarayonlari, agrosanoat majmui korxonalari va tashkilotlarining boshqaruv tizimlari, oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar, malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim muassasalaridagi oʼquv jarayonlari.

O'xshash dasturlar