Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Sun’iy intellekt (magistratura)
Dastur haqida
FAKULTET HAQIDA O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5987-sonli Farmoni hamda Samarqand Davlan universitet rektorining 2020 yil 20 iyundagi 290-ij buyrug’iga asosan Samarqand davlat universitetida Yuridik fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 5240100-“Yurisprudensiya”, 5111600-“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Falsafa” yo’nalishlari bo‘yicha bakalavr, 5A 120503-Etika va estetika, 5A111601 Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari), 5A120501-Falsafa (sohalar bo’yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar hamda “Ijtimoiy falsafa”, “Ontologiya, gnoseologiya va mantiq” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha oily malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda fakultetda Huquqshunoslik va huquq ta’limi, Falsafa va milliy g’oya, kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 7 ta fan doktori, 29 ta fan nomzodi (shundan, falsafa fanlari doktori (PhD) 15 ta), 15 ta dosentlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 432 nafar bakalavr-1 kursda-164 nafar, 2-kursda-116 nafar, 3-kursda-91 nafar, 4-kursda- 60 nafar talaba, 1 va 2-bosqichda 13 nafar magstr tahsil oladi va 22 ta akademik guruh mavjud. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejalari 5240100 Yurisprudensiya 5111600 Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 5120500 Falsafa Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A120503 Etika va estetika 5A111601 Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) 5A120501 Falsafa (sohalar bo’yicha)
O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Biznes huquqi
24 374 397 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Suv diplomatiyasi
—
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Yurisprudensiya
—
“Cyber University” davlat universiteti
Kiber huquqi
36 025 720 so'm
yiliga
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)
Ekologiya huquqi
29 714 040 so'm
yiliga
AFRASIAB UNIVERSITY
Mehnat huquqi
35 000 000 so'm
yiliga