WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti

Buxgalteriya hisobi va biznes

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

TIUEning «BUXGALTERIYA HISOBI VA BIZNES» dasturi o‘z kelajagini tadbirkorlik, moliya va buxgalteriya hisobi sohasi bilan bog‘lashni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu dastur bo‘yicha o‘qitishning maqsadi buxgalteriya hisobi va biznes sohasida nazariy bilimlarni egallash va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, shuningdek ishbilarmonlik sohasida professional faoliyatni amalga oshira oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

«Buxgalteriya hisobi va biznes» bakalavriat dasturining o‘quv-uslubiy va ilmiy mazmuni buxgalteriya hisobi, moliyaviy nazorat va biznes-jarayonlarni boshqarish sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.

Ta'lim tili: O‘ZBEK / RUS / INGLIZ

O‘quv kunlari: Kunduzgi ta'lim: Dushanbadan Shanbagacha.

O'xshash dasturlar