WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Université d'État d'études orientales de Tachkent

Philologie et enseignement des langues : langue arabe

Célibataire À temps plein 4 ans

À propos de la formation

Arab tili yo‘nalishi talabalarga arab tilini xalqaro darajada mukammal egallash, arab mamlakatlarining tarixi, madaniyati, adabiyoti, diniy-ma’naviy merosi hamda zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi. Ta’lim jarayonida talabalar arab tilining fonetikasi, grammatikasi, leksikologiyasi, stilistikasi, tarjimashunoslik, til o‘qitish metodikasi va madaniyatlararo muloqot kabi fanlarni o‘zlashtiradilar.

Dastur nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirgan bo‘lib, talabalar arab tilida erkin muloqot qilish, ilmiy va badiiy matnlarni tahlil qilish hamda professional tarjima faoliyatini amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda til o‘qitish va tadqiqot olib borish malakalarini ham egallaydilar.

Bitiruvchilar ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, tarjima markazlari, ommaviy axborot vositalari hamda turli davlat va nodavlat tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin.

Formations similaires