WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
24 AprilAprilApril 2024 53 views

“Zakovat” bellashuvida Akemiya jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

“Milliy qadriyatlar sayli” doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” bellashuvida Akemiya jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

“Milliy qadriyatlar sayli” doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” bellashuvida Akemiya jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Sayil davomida oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari ko‘rgazmalari, qisqa konsert dasturlari taqdim etilmoqda.

Bugun ham sayil ko‘tarinki ruhda davom etib, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvlari o‘tkazildi.

Mazkur bellashuvda respublikamizdagi 20 dan ziyod eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan iborat jamoalar qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Zakovat klubi” jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

Quvonarlisi, qizg‘in kechgan bahslar yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladi. 

More news