WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
13 JulyJulyJuly 2026 9 views

Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim uchrashuv

Avval xabar berganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida "On Smart Agriculture Innovation Development (ICSAID-2026) " nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro konferensiya doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi, Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti prezidenti, professor Wei Chen bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Avval xabar berganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida "On Smart Agriculture Innovation Development (ICSAID-2026) " nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro konferensiya doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi, Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti prezidenti, professor Wei Chen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida tomonlar oliy ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim sohasiga innovatsion va aqlli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. ️Tomonlar kelajakda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Ushbu uchrashuv Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ilmiy salohiyatini oshirish va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

More news