WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
20 MarchMarchMarch 2026 11 views

Xalqaro hamkorlik: TOP-1000 universitetlari professori universitetimiz talabalariga dars o‘tmoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Shahar qurilishi va xo‘jaligi” kafedrasida xalqaro nufuzga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti “Shahar qurilishi va xo‘jaligi” kafedrasida xalqaro nufuzga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy o‘quv yilida kafedraning mutaxassislik fanlari sifatini oshirish va talabalarga ilg‘or xorijiy tajribalarni yetkazish maqsadida dunyoning nufuzli TOP-1000 taligiga kiruvchi Rossiya texnika universiteti bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik doirasida mazkur universitetning “Transport biznesi” kafedrasi professori, Kurenkov Petr Vladimirovich universitetimizga tashrif buyurdi. Professor kafedraga profil hisoblangan “Logistika (Avtomobil transporti)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mutaxassislik fani bo‘yicha 12 soatlik maxsus ma’ruza va master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar nafaqat nazariy bilimlar, balki xalqaro transport koridorlarida logistik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldilar. Shuningdek, xorijiy mutaxassis ishtirokidagi ushbu darslar kafedra professor-o‘qituvchilari uchun ham o‘zaro tajriba almashish va yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish maydoniga aylandi.

More news