Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan Urganch davlat pedagogika institutida “Global va milliy standartlar asosida ta’limda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish: imkoniyatlar va xavf-xatarlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.
📸 Konferensiya yakunida xorijlik hamkorlar xalqaro ilmiy-amaliy anjumandagi faol ishtiroki uchun taqdirlandilar.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, AQSh, Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlardan 20 dan ortiq xorijlik olimlar ishtirok etdi.