WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
07 JanuaryJanuaryJanuary 2026 8 views

QDU professor-o‘qituvchilari "PRESETT" milliy forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 6-7 yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan Forum (PRESETT) bo‘lib o‘tdi. Forum Britaniya Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Joriy yilning 6-7 yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan Forum (PRESETT) bo‘lib o‘tdi. Forum Britaniya Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlari vakillari, jami 220 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Forum doirasida o‘quv dasturlarini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, refleksiv amaliyotlar va inklyuziya tamoyillarini joriy etish, ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellektning o‘rni muhokama qilindi. Qoraqalpoq davlat universitetidan "Accelerating English Language Learning in Central Asia: Exploring the Role of Continuing Professional Development and Reflective Practice in PRESETT Programmes" loyihasida ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari Sadullayeva Alfiya va Xojaniyazova Umida qatnashib, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy hamjamiyatini rivojlantirish va ta’lim dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan muloqot va treninglarda faol ishtirok etdi.

More news