WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
07 NovemberNovemberNovember 2024 11 views

Namangan viloyati Turizm boshqarmasida “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun muloqot o‘tkazildi!

Tadbirda Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirzohid Bekmirzayev ishtirok etib, ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi. U shuningdek, dual ta’lim tizimi haqida ham so‘zlab, talabalarni amaliyot va nazariy ta'limni birlashtirish orqali yanada yuqori sifatli ta'lim olishga chaqirdi. Dual ta’lim tizimi yordamida talabalar nafaqat auditoriyalarda, balki turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi amaliy korxonalarda ham tajriba orttirib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga puxta tayyorlanishadi.

Talabalar amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, dual ta’limning imkoniyatlaridan foydalanib, turizm va mehmondo‘stlik sohasida yuqori malakali mutaxassislar sifatida o‘z o‘rinlarini topishga tayyorlanmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

More news