WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
29 OctoberOctoberOctober 2024 9 views

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Muhandislik-maktabi: Ta'lim va ishlab chiqarish uyg'unligi yo'lida yangi qadam!

Namangan muhandislik-texnologiya instituti "IFODA Agro Kimyo Himoya" MCHJ bilan hamkorlikda muhandislik maktabini tashkil etib, "Tarmoq – korxona – oliygoh" zanjirini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam tashladi. Bugun rektor Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi institut vakillari korxonada bo‘lib, ushbu loyiha doirasida muhim masalalarni muhokama qilishdi.

NamMTIning "IFODA Agro Kimyo Himoya" MCHJ kabi yirik korxonalarda muhandislik maktabi tashkil etishi nafaqat ta'lim jarayonini mustahkamlaydi, balki ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita bog‘lanishiga imkon beradi. Ushbu maktab orqali institut tadqiqotlari korxonaning texnologik muammolariga amaliy yechimlar taklif etishi mumkin, bu esa sanoat jarayonlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, muhandislik maktabining tashkil etilishi talabalarning nazariy bilimlarini korxona ehtiyojlariga moslab, amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitadi. Bu esa NamMTI va "IFODA Agro Kimyo Himoya" kabi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida yanada mustahkam aloqalarni shakllantirib, ilm-fan va sanoatni birlashtirgan holda innovatsion rivojlanishga hissa qo‘shadi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

More news