MILLIY QADRIYATLAR — YOSHLAR QALBIDA!
Bugun Olmaliq davlat texnika institutida o‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar targ‘iboti kuni” doirasidagi tadbirlarda talaba-yoshlar yuqori faollik bilan ishtirok etdilar.
Milliy an’analar, urf-odatlar va ma’naviy merosimizni targ‘ib etishga qaratilgan ushbu kun davomida talabalar o‘zlarining milliy liboslari, ijodiy chiqishlari, tashabbuskorligi va vatanparvarlik ruhidagi faol ishtiroki bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
🔝 Tadbirlar davomida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar ongiga ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini singdirish hamda milliy o‘zlikni anglash kabi muhim g‘oyalar keng targ‘ib qilindi.
🆕 Olmaliq davlat texnika instituti yoshlarining bunday faolligi — milliy qadriyatlarga sadoqat, ma’naviy yetuklik va kelajakka ishonchning yorqin namunasidir.
📣 Milliy qadriyatlar yashar ekan — millat ruhi, birdamligi va kelajagi yanada mustahkam bo‘ladi!