13 AprilAprilApril 2026
7 views
🌟 MA’NAVIYAT VA ILHOMGA YO‘L!
Olmaliq davlat texnika instituti Energetika va mashinasozlik fakultetining iqtidorli va faol talabalari Samarqand safari davomida muqaddas Imom Al-Buxoriy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Bu tashrif — shunchaki sayohat emas, balki qalbni poklaydigan, ruhiyatni boyitadigan va ma’naviy kuch beradigan unutilmas lahza bo‘ldi.
☑️ Talabalar buyuk alloma merosi bilan yaqindan tanishib, uning ilmiy va ruhiy boyliklaridan ilhom olishdi.
💡 Bugungi ODTI yoshlari nafaqat zamonaviy bilim, balki yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish yo‘lida dadil qadam tashlamoqda!
🤲 Ezgu niyatlar, pok qalblar va katta orzular bilan yo‘l davom etadi...