Kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohalarida xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 20-fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 20-fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan "ARRTECH Corp" va "Relisecure Corp" kompaniyalarining ijrochi direktori Alper Cem Yilmaz, shuningdek, Markaziy Osiyodagi yetakchi IT-distribyutorlardan biri - "Elcore Distribution Kazakhstan" kompaniyasining mamlakatlar bo‘yicha direktori Nazgul Taimova va yetakchi kommunikatsiya menejeri Aynur Maksim, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalari sektori boshlig‘i Quvanishbay Seytnazarov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Qoraqalpog‘iston hududiy sektori boshlig‘i Timur Baekeevlar ishtirok etdi. Uchrashuvda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Olimjon Duysenbayev so‘zga chiqib, universitetda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida mehmonlar universitetda IT yo‘nalishida dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt sohalarida strategik investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va o‘zaro hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildi. Tadbir yakunida mehmonlar universitet qoshidagi inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.