WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
17 FebruaryFebruaryFebruary 2026 18 views

Do‘stlik va madaniyat tantanasi

Buxoro davlat pedagogika institutida qardosh millat vakillarining boy milliy an’ana va urf-odatlari, qadriyatlari hamda o‘ziga xos madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpoq madaniyati kunlari doirasida “Doʻstlik” shiori ostida “Qoraqalpoq madaniyat kuni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir qizg‘in ruhda davom etmoqda.

    Tadbir jarayonida milliy liboslar namoyishi, folklor chiqishlari, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar hamda madaniy taqdimotlar orqali ishtirokchilar Qoraqalpoq xalqining boy tarixiy merosi, san’ati va qadriyatlari bilan yaqindan tanishmoqda. Ushbu madaniy uchrashuv turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

      Mazkur tashabbus yoshlar qalbida millatlararo totuvlik, madaniyatlararo muloqot va umumiy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

More news