WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
19 JuneJuneJune 2026 8 views

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Ufa davlat neft texnika universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 19-iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Ufa davlat neft texnika universitetining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Marsel Asfandiyarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19-iyun kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Ufa davlat neft texnika universitetining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Marsel Asfandiyarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab mehmon universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi. Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va talabalarni xalqaro ta’lim loyihalariga faol jalb etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar uchun "1+3" ta’lim dasturini joriy qilish taklifi ilgari surildi. Ushbu dasturga ko‘ra, talabalar bir yil davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil olib, keyingi uch yilni Ufa davlat neft texnika universitetida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, talabalarni ushbu dasturga jalb etish, ularga hujjat topshirish va qabul jarayonlarida amaliy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro akademik mobillikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

More news