WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← All news
25 JuneJuneJune 2026 15 views

Ayni damda Ispaniya davlatida “Ispaniya–Oʻzbekiston universitetlari forumi” oʻtkazilmoqda

Mazkur nufuzli forum ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, taʼlim va ilm-fan sohasidagi ilgʻor tajribalarni almashish hamda yangi istiqbolli loyihalarni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan.

Forumda Oʻzbekistonning qator yetakchi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rahbarlari bilan bir qatorda Toshkent farmatsevtika instituti rektori, professor Kamal Rizayev ham ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Ispaniyaning oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda farmatsevtika va sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Toshkent farmatsevtika instituti va Rey Xuan Karlos Universiteti Madrid Kampusi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi.

Shuningdek, tomonlar Erasmus+ dasturi doirasidagi yangi loyihalarda hamkorlik qilish hamda tegishli loyiha hujjatlarini birgalikda tayyorlab, taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Galereya

Ayni damda Ispaniya davlatida “Ispaniya–Oʻzbekiston universitetlari forumi” oʻtkazilmoqda - 1Ayni damda Ispaniya davlatida “Ispaniya–Oʻzbekiston universitetlari forumi” oʻtkazilmoqda - 2Ayni damda Ispaniya davlatida “Ispaniya–Oʻzbekiston universitetlari forumi” oʻtkazilmoqda - 3Ayni damda Ispaniya davlatida “Ispaniya–Oʻzbekiston universitetlari forumi” oʻtkazilmoqda - 4Ayni damda Ispaniya davlatida “Ispaniya–Oʻzbekiston universitetlari forumi” oʻtkazilmoqda - 5

More news