Afg‘oniston ishbilarmonlari delegatsiyasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi
Bugun 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Umar Usmanov boshchiligidagi Afg‘oniston bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashrif doirasida Afg‘oniston ishbilarmonlari delegatsiyasi vakillari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.
Bugun 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Umar Usmanov boshchiligidagi Afg‘oniston bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashrif doirasida Afg‘oniston ishbilarmonlari delegatsiyasi vakillari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Dastlab mehmonlar universitet rektori Berdiyar Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro suhbatlashdi. Uchrashuv davomida ta’lim, fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga universitetning ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi.