Staatliche Technische Universität Namangan
Metrologie, Normung und Qualitätsmanagement
Über den Studiengang
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish magistri
Tavsif: Ushbu magistratura ta’lim dasturi – metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohasida chuqurlashtirilgan ilmiy va kasbiy tayyorgarlikka yo’naltirilgan bo’lib, fan, texnika va ishlab chiqarishning texnik jihatdan tartibga solish tizimida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-pedagogik faoliyat yuritish, o’lchash vositalarini metrologik ta’minlash, standartlarni ishlab chiqish, muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish, sifat menejmenti tizimlarini joriy etish va boshqarish, o’lchash usullari va vositalaridan xalqaro talablar asosida foydalanish, sohadagi ilmiy muammolarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish bilan bog’liq inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalari bo’yicha bitiruvchi quyidagi kasbiy faoliyat turlari bilan shug’ullanadi:
ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyati: ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o’tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish; ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola va o’quv adabiyotlar tayyorlash; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish va o’tkazish; oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish;
loyihaviy-konstruktorlik faoliyati: sanoat korxonalarida ishlatiladigan o’lchash vositalari va me’yoriy hujjatlarni loyihalash, ularni o’rganish, tahlil qilish va qo’llash; o’lchash vositalari va me’yoriy hujjatlar bo’yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini hozirgi kun talablari nuqtai nazaridan zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni qo’llagan holda bajarish;
tahlil va nazorat faoliyati: metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish va ulardan foydalanish; sohada yechilayotgan ilmiy muammolarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot natijalari bo’yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish; ishlar sifatini oshirish va rivojlantirish, iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi xavf-xatarlarni aniqlash;
tashkiliy-boshqaruv faoliyati: zamonaviy axborot texnologiyalari tizimidan foydalanib ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish, bajarilayotgan ishning rejasini tuzish va nazorat qilish, natijalarni baholash; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong’in, texnika va mehnat xavfsizligiga mosligini monitoring qilish va kasbiy etika qoidalariga rioya qilish;
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati: standartlar loyihalari, uslubiy va me’yoriy materiallar hamda texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish; sifat boshqaruv tizimlarini amalda o’zlashtirish; hujjatlarni metrologik ekspertizadan o’tkazish; o’lchash va nazorat vositalarini tanlash, qiyoslash, kalibrlash, sozlash va ta’mirlash ishlarini olib borish; ixtisoslikka mos mavzu bo’yicha turli xizmatlarni ko’rsatish.
Bitiruvchi mustaqil ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, zamonaviy axborot texnologiyalari va tadqiqot metodlaridan foydalanib eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish, ularning natijalariga ishlov berish hamda magistrlik dissertatsiyasini bajarish va himoya qilishda faol qatnashadi.
Mazkur magistratura ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.
Jami majburiy va tanlov o’quv fanlari soati: 1800 soat (60 kredit).
Ilmiy faoliyat (ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy-pedagogik ish, ilmiy amaliyot): 1800 soat (60 kredit).
Jami o’quv yuklamasi: 3600 soat (120 kredit)ni tashkil etadi.
Qo’shimcha izohlar:
1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) magistraturaning 4-semestrida o’tkaziladi. Bunda soha bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish hamda kasbga samarali moslashuv imkoniyatlari ta’minlanadi. Ilmiy amaliyotga yuborilgan magistratura talabasi o’quv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajaradi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim yo’nalishi bo’yicha kvalifikatsiya (ixtisoslik): Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish mutaxassisi, pedagog-tadqiqotchi. Bitiruvchiga Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasiga mos «magistr» darajasi beriladi.
Fanlar katalogining tuzilishi
|
T/r |
Fanning malakaviy kodi |
O’quv fanlari, bloklar va faoliyat turlarining nomlari |
Umumiy yuklama, soat |
Kredit |
Semestr |
|
1.00 |
|
Majburiy fanlar |
1440 |
48 |
1, 2, 3 |
|
1.01 |
ITM1104 |
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi |
120 |
4 |
1 |
|
1.02 |
KSBNA12310 |
Kvalimetriya va sifatni boshqarishning nazariy asoslari |
300 |
10 |
2, 3 |
|
1.03 |
AIO’VNA1206 |
Avtomatlashtirilgan va intellektual o’lchash vositalarining nazariy asoslari |
180 |
6 |
2 |
|
1.04 |
STJTSBO1306 |
Standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish tizimlarining sifatni boshqarishdagi o’rni |
180 |
6 |
3 |
|
1.05 |
ERITA12310 |
Eksperimentni tashkil etish va rejalashtirish |
300 |
10 |
2, 3 |
|
1.06 |
MTJTSSSQA1106 |
Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning qonuniy asoslari |
180 |
6 |
1 |
|
1.07 |
PLS1106 |
Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlashtirish |
180 |
6 |
1 |
|
2.00 |
|
Tanlov fanlari |
360 |
12 |
1, 2 |
|
|
|
Jami (majburiy va tanlov fanlari): |
1800 |
60 |
1, 2, 3 |
|
3.00 |
|
Ilmiy faoliyat |
|
|
|
|
3.01 |
ITIMDT2123438 |
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash |
1140 |
38 |
1, 2, 3, 4 |
|
3.02 |
IPI212312 |
Ilmiy-pedagogik ish |
360 |
12 |
1, 2, 3 |
|
3.03 |
IA2410 |
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) |
300 |
10 |
4 |
|
|
|
Jami (ilmiy faoliyat): |
1800 |
60 |
1, 2, 3, 4 |
|
|
|
HAMMASI: |
3600 |
120 |
1, 2, 3, 4 |
Ähnliche Studiengänge
Taschkenter Staatliche Transportuniversität
Elektrischer Zugbau
—
Taschkenter Staatliche Transportuniversität
Logistik
—
Yangiersky-Zweigstelle des Tashkent Institute of Chemical Technology
Maschinen und Anlagen der chemischen Industrie und der Baustoffindustrie
9 600 018 so'm
pro Jahr
Taschkent Institut für Chemische Technologie
Studienfach: Technologie des Anbaus und der Verarbeitung von Heilpflanzen
11 586 540 so'm
pro Jahr
Staatliche Technische Universität Namangan
Alternative Energiequellen (nach Typen)
14 000 000 so'm
pro Jahr
Staatliche Universität für Ingenieurwesen und Agrartechnologie Termiz
Technologische Prozesse und die Automatisierung der Produktion
8 968 000 so'm
pro Jahr