WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Staatliche Technische Universität Namangan

Alternative Energiequellen (nach Typen)

Meisterinnen Vollzeit 2 Jahre

Über den Studiengang

Muqobil energiya manbalari

Tavsif:
Ushbu mutaxassislik – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan: quyosh va shamol elektr stansiyalari, ularning tarmoqlari va ularning jihozlarini loyihalash, ishlab chiqarish, montaj qilish, sozlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi barcha sanoat tashkilotlari majmuini qamrab oladi.

Ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyatida: ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish; ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish; ilmiy adabiyotlar va internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish; mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish; o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish; elektron (e-learning), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni mukammal o‘zlashtirish; pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida: quyosh fotoelektrik stansiyalari va ularning butlovchi qurilmalari, qismlari va uzellarini loyihalash; shamol elektr stansiyalari va ularning butlovchi qurilmalari, qismlari va uzellarini loyihalash; ishlab chiqarish korxonalarida loyihalash-texnologik ishlarini o‘rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo‘llash; biomassa energiyasidan foydalanish, ular asosidagi energetik qurilmalarda loyihalash-konstruktorlik ishlarini o‘rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo‘llash; muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar (quyosh, shamol, bioenergiya, geotermal, gidroenergiya va boshq.) yordamida elektr va issiqlik energetik tizimlarini loyihalash bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik va loyihalash-texnologik ishlarini to‘liq bajarish ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lish;

ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlarida muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarni loyihalash bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini bajarish va ularni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lish; muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar orqali iste’molchilarni elektr va issiqlik energetik tizimlarini loyihalash bo‘yicha loyihalash-konstruktorlik ishlarini hozirgi qo‘yilgan talablar nuqtayi nazaridan zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni qo‘llab bajarish ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lishi.

Tahlil va nazorat faoliyatida: davlat, mahalliy hukumat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ulardan o‘z faoliyatida foydalana olish; muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar orqali elektr va issiqlik energetik tizimlarini loyihalash sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish; muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar orqali iste’molchilarni uzluksiz elektr ta’minotini loyihalash bo‘yicha ishlar sifatini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish; O‘zbekistonda hamda xorijda muqobil energiya manbalari sohasida elektr va issiqlik energetik tizimlarini sifatini yaxshilashga oid jarayonlar hamda hodisalarni xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va qiyoslash, iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi xavf-xatarlarni aniqlash.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida: zamonaviy axborot texnologiyalari tizimidan foydalanib ishlab chiqarish arayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish; bajarilayotgan ish rejasini tuzish va bu ishni nazorat qilish, ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish, o‘z ishining natijalarini baholash; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligini talablariga mosligini monitoring qilish; kasbiy etika qoidalariga rioya qilish.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida: muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar orqali elektr va issiqlik energetik tizimlari obyektlari, jarayonlari, tizimlari, jihozlari va texnik vositalaridan samarali foydalanish; tizimlar, texnologik jarayonlar, ularning elementlari va texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda ijrochilar jamoasi tarkibida ishtirok etish; muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar orqali elektr ta’minoti tizimi obyektlari, jarayonlari, tizimlari, jihozlari va texnik vositalarining ekspluatatsiya xavfsizligini ta’minlash; ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish; texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish; ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini tanlash va qo‘llash; muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar orqali elektr va issiqlik energetik tizimlarini ta’mirlash, montaj, foydalanishga topshirish hamda jihozlarini ishlatish bo‘yicha mavjud holatlarning analitik sharhini ishlab chiqish; muqobil energiya manbalari ixtisosligiga mos mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchisi sifatida qatnashish; pullik ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish; ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish.

         Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida                        jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy faoliyat: 1800 soat

Jami: 3600 soatni tashkil etadi.

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar

soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va  ilmiy faoliyat

30

1-4

Magistrlik dissertasiyasi himoya qilish

Attestatsiya

9

1-3

Fanlarni tanlash uchun roʻyxatdan oʻtish

2

1,3

Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi

27

1-4

Ilmiy amaliyot

5

4

Yakuniy davlat attestatsiyalari

4

4

Ta’tillar

27

1 – 4

Jami

100

   

Qo’shimcha izoxlar:                                                                                                                                                                                                                                                                 

  • Bir kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
  • Kurs loyihasi, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta’lim soatlaridan 30 akademik soatni ajratgan holda 1 kredit beriladi.
  • Yakuniy davlat attestasiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertasiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
  • Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi

Ähnliche Studiengänge