05 七月七月七月 2026
20 次浏览
🏆Zakovat bilimdonlari ODTI maydonida jam bo‘lishdi!
⏰ Olmaliq davlat texnika institutida Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridan tashkil topgan terma jamoalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda bilim va mantiqiy fikrlash kuchini sinovdan o‘tkazish uchun hududlardan kelgan jamoalar o‘zaro bahslashdi.
✅ Shuningdek, Olmaliq davlat texnika instituti talabalaridan tashkil topgan jamoalar ham ushbu intellektual bahsda faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishdi.
➡️ Bellashuv davomida ishtirokchilar murakkab savollarga tezkor va aniq javob berib, haqiqiy zakovat egasi ekanliklarini ko‘rsatishdi. Bunday intellektual o‘yinlar yoshlar o‘rtasida bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish va fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.