WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
21 二月二月二月 2026 20 次浏览

Universitet professor-o'qituvchilari Edinam Shilterxanov tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi

2025-yil 12-dekabr kuni akademik A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar do'stligi universitetida (Qozog'iston) yozuvchi, shoir va jangchi Edinam Shilterxanov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o'tdi.

2025-yil 12-dekabr kuni akademik A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universitetida (Qozog‘iston) yozuvchi, shoir va jangchi Edinam Shilterxanov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Qozog‘iston, O‘zbekiston hamda boshqa mamlakatlardan yetakchi professorlar, olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, ijodkorning boy merosi hamda milliy ruhni yuksaltirishdagi ulkan hissasi keng muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekistondan Toshkent gumanitar fanlar universitetidan tashrif buyurgan professorlar mazmunli ma’ruzalari bilan qatnashib, ilmiy bahs-munozaralarga katta hissa qo‘shdilar.

Ushbu anjuman ma’naviy vorislik, qardosh xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlik va yangi ilmiy yo‘nalishlarning shakllanishiga xizmat qilgan muhim ilmiy maydonga aylandi.

更多新闻