布哈拉国立大学旅游学本科和硕士学位项目成功获得联合国世界旅游组织(UNWTO)TedQual国际认证
Buxoro davlat universitetining turizm sohasidagi bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari UNWTO TedQual xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
UNWTO TedQual akkreditatsiyasi Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan taʼlim muassasalarida turizm boʻyicha taʼlim va malaka oshirish dasturlari sifatini baholash natijasida beriladigan xalqaro darajadagi sertifikatdir.
Baholash mezonlari o‘quv dasturlarining sifati, samaradorligi, infratuzilma, akademik sektor, tashqi hamkorlar bilan ishlash, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, davlat sektori bilan hamkorlik kabi ko‘plab omillarni o‘z ichiga oladi.
TedQual xalqaro akkreditatsiyasi turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi dasturlarining sifatini yaxshilashga, ta’lim yo‘nalishi jozibadorligini va global miqyosida raqobatbardoshlikni oshirishga olib keladi.