WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
15 十月十月十月 2024 12 次浏览

Standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha innovatsion ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda 21 ta oliy ta’lim muassasasi hamda 12 ta korxona va tashkilotlar 107 dona ishlanmalari bilan ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada Namangan muhandislik-texnologiya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Oybek Ergashev boshchiligidagi vakillarimiz ham faol ishtirok etmoqda. NamMTI jamoasi tomonidan taqdim etilgan innovatsion ishlanmalar yurtimizning ilmiy salohiyati va texnologik rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Ko‘rgazmada taqdim etilgan ishlanmalar orasida NamMTI vakillarining ishlari innovatsion yechimlari va amaliy ahamiyati bilan ajralib turdi. Bu kabi ko‘rgazmalar mamlakatimizda innovatsiyalarni rivojlantirish va sanoatni ilg‘or texnologiyalar bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

更多新闻