WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
11 六月六月六月 2026 6 次浏览

QDU rektori Ispaniyada o‘tkazilgan "Digital-Green Transition" panel sessiyasida so‘zga chiqdi

O‘zbekiston - Ispaniya universitetlari rektorlarining birinchi forumi doirasida Madrid shahrida "Digital-Green Transition" mavzusidagi panel sessiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston - Ispaniya universitetlari rektorlarining birinchi forumi doirasida Madrid shahrida "Digital-Green Transition" mavzusidagi panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiyada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov so‘zga chiqib, zamonaviy oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya va "yashil" taraqqiyot tamoyillarining ahamiyati, shuningdek, bu yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Rektor o‘z nutqida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va "yashil universitet" konsepsiyasini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Mazkur forum va uning doirasidagi panel sessiyalari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va universitetning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

 

更多新闻