WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
21 十月十月十月 2024 10 次浏览

NamMTI ixtirochi ayollari "INNOWOMENWEEK-2024" ko'rgazmasida faol ishtirok etdi.

Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan "INNOWOMENWEEK-2024" doirasidagi "Ixtirochi ayollar-2024" ko'rgazmasi joriy yilda ham yurtimizning iqtidorli va ilm-fanga hissa qo‘shayotgan ayollarining muvaffaqiyatlarini namoyish etdi. Mazkur ilmiy tadbirda viloyatimizning ko‘plab oliy ta’lim muassasalari vakillari, xususan, Namangan muhandislik-texnologiya institutining ixtirochi ayollari o‘z ishlanmalari, loyihalari, hamda innovatsion modellari bilan faol ishtirok etishdi.

NamMTI vakillari tomonidan taqdim etilgan loyihalar nafaqat texnologik yangiliklari, balki ularning amaliy ahamiyati bilan ham ko‘rgazmaning diqqat markazida bo‘ldi. Institut ixtirochi ayollari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar jamoatchilikning qiziqishini uyg‘otdi va ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘ldi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

更多新闻