WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
23 二月二月二月 2024 15 次浏览

MAKTABLAR BILAN HAMKORLIK KENGAYMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim muassasalari o‘rtasiga integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi. Andijon davlat pedagogika institutida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining yangi avlod darsliklarini metodik ta’minlash, o‘qituvchilarga mavzularni yoritishda va mashg‘ulotlarni tashkil etishda yangicha pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Professor-o‘qituvchilarning 2023-2024 yildan boshlab foydalanilayotgan boshlang‘ich sinflarning “Matematika”, “Tarbiya”, “O‘qish” va “Ona tili” darsliklarining mavzuma-mavzu metodik ishlanmalarini tayyorlamoqda.


Markaz faoliyatini ta’minlash uchun institut tomonidan 300 mln so‘m mablag‘ ajratildi.  Hozirgi kunda markazda 10 nafar professor-o‘qituvchilar, 1 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodlari hamda 4 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy loyiha a’zolari tomonidan 100 dan ortiq metodik ishlanmalar tayyorlandi va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yetkazib berildi. Andijon shahridagi 31-maktabning boshlang‘ich o‘qituvchilari ekspert sifatida jalb etilib, ular tayyorlangan metodik ishlanmalarni dastlabki ekspertizadan o‘tkazmoqda.

Andijon davlat pedagogika institutida davlatimiz rahbarining pedagogik oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha qo‘ygan vazifalari jadallik bilan ijro etilmoqda. Bu boradagi ishlar yanada jadallashtirilib, viloyatdagi har bir boshlang‘ich o‘qituvchisiga tayyorlangan metodik ishlanmalarning yetib borish mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu esa maktablardagi ta’lim sifatiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Pedagogika fakultetining yetakchi professor-o‘qituvchilari falsafa fanlari doektori, professor A. Egamberdiyev, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori D.Sobirova, katta o‘qituvchilar N.Abdullayeva hamda X.Iminovalar joriy yilning 23 fevral kuni Andijon viloyati shahrixon tumanidagi 71- hamda Bo‘ston tumanidagi 16-maktablarda bo‘lib, tumanlardagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun master-klass o‘tkazdilar. Tadbirda maktab o‘qituvchilari yangi darsliklardagi mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishdagi innovatsion metodlar haqida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

更多新闻