WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
26 十月十月十月 2024 11 次浏览

Kimyo-texnologiya fakultetida "Besh tashabbus olimpiadasi" va "Talabalar ligasi" doirasida voleybol bo‘yicha saralash o‘yinlari boshlandi!

Bugun Kimyo-texnologiya fakultetida talabalarning jismoniy faolligini oshirish va ularning o‘rtasidagi jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" hamda "Talabalar ligasi" doirasida voleybol bo‘yicha saralash o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Turnirning ilk kunlaridan talabalarning sportga bo‘lgan ishtiyoqi, har bir o‘yinda ko‘zga tashlanayotgan raqobat va g‘alaba uchun kurash o‘ziga xos muhit yaratmoqda. Fakultet jamoalari o‘zaro kuch sinashar ekan, har bir ishtirokchi o‘z jamoasi uchun fidoyilik bilan harakat qilishni maqsad qilgan. 

Musobaqaning ushbu bosqichlari orqali eng iqtidorli va jismonan tayyorlangan talabalar saralanadi. G‘olib jamoalar fakultetning faxri sifatida katta bosqichlarga yo‘l olishadi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz! G‘alaba va muvaffaqiyatlar yo‘ldosh bo‘lsin!

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

更多新闻