WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
15 十二月十二月十二月 2025 23 次浏览

JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi

13–14-dekabr kunlari “Olimlarga ehtirom” shiori ostida Zomin dam olish zonasida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir xodimlarni rag‘batlantirish, jamoani yanada birlashtirish hamda ijodiy va mehnat faolligini oshirishga qaratildi. Zomin tog‘larining betakror manzaralari, musaffo havo va tabiat qo‘ynidagi maroqli hordiq ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Professor-o‘qituvchilar ushbu tashabbus uchun universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, bunday tadbirlar mehnat samaradorligi va jamoadagi ijobiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab har hafta dam olish kunlari tashkil etilayotgan “Zominga sayohat” dam olish tadbirlari doirasida 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar maroqli hordiq chiqarib qaytdilar.

更多新闻