WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
21 十月十月十月 2024 14 次浏览

Iqtisodiyot fakultetida"Besh tashabbus olimpiadasi" va "Talabalar ligasi" musobaqalarining fakultet bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu musobaqalar talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylikni kuchaytirish va ijtimoiy faolliklarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Ushbu musobaqalar talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylikni kuchaytirish va ijtimoiy faolliklarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqalarda fakultetning eng faol va kuchli sportchilari futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi kabi turli sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar diplomlar, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, institut bosqichiga yo‘l olishdi. Endi ular fakultet nomidan institut miqyosidagi bellashuvlarda ishtirok etib, o‘z fakultetlarining sharafini himoya qilish uchun kurashadilar.

Ushbu tadbirlar nafaqat sport, balki talabalarning intellektual va ma'naviy rivojlanishiga hissa qo‘shib, ularni sog‘lom hayotga targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynaydi. "Besh tashabbus" loyihasining maqsadi talabalar orasida sog‘lom turmush tarzi, sportga muhabbat, madaniyat va ma'naviyatni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bu kabi musobaqalar aynan shu g‘oyalarga xizmat qiladi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

更多新闻