WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
20 六月六月六月 2026 21 次浏览

Impuls tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda

Impuls tibbiyot instituti rahbariyati va vakillari tomonidan Janubiy Koreyaning Gyeongsan shahri hamda qator nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalariga rasmiy tashrif amalga oshirildi.

Shuningdek, Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Daegu Haany Universiteti hamda zamonaviy ilmiy markazlardan biri hisoblangan Gyeongsan Cellulose Nanofiber Materials Center faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuvlar davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish, innovatsion tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda tibbiy ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar uchun qisqa muddatli amaliyotlar, yozgi maktablar, klinik kuzatuv (observership) dasturlari va ilmiy stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Mazkur tashrif Impuls tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish, talabalar va yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda zamonaviy tibbiy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Impuls tibbiyot instituti — xalqaro hamkorlik sari ishonchli qadam!

更多新闻