WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
21 六月六月六月 2026 5 次浏览

🇨🇳 HPU Summer School – 1-kun

Henan Polytechnic University (HPU)da tashkil etilgan 2026 Summer School dasturining birinchi kuni tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.

Kunning birinchi yarmida ishtirokchilar yozgi maktab dasturi, Xitoyning ta’lim tizimi, tarixi va madaniyati bilan tanishtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida Olmaliq davlat texnika instituti talabalari Mexanika va Energetika muhandisligi maktabida professor Jianping Wang tomonidan “Dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruzada ishtirok etdilar. Ma’ruza davomida zamonaviy uchuvchisiz texnologiyalar, ularning muhandislikdagi o‘rni va amaliy qo‘llanilishi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar laboratoriyalarda ilmiy ishlanmalar bilan tanishib, xalqaro talabalar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur dastur ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xalqaro tajriba orttirish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

更多新闻