28 四月四月四月 2026
18 次浏览
Green University va Astana xalqaro universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
22-aprel kuni Green University rektori doktor Baxtiyor Pulatov Astana xalqaro universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar talaba almashinuvi, akademik hamkorlik va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.