WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
26 六月六月六月 2026 6 次浏览

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasi Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanining Urumchi shahrida o‘tkazilayotgan "2026 China-Central Asia Conference on Industry-University-Research Collaboration" xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Berdiyar Jollibekov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanining Urumchi shahrida o‘tkazilayotgan "2026 China-Central Asia Conference on Industry-University-Research Collaboration" xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda. Mazkur konferensiya Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim, fan, innovatsiyalar, texnologiyalar va sanoat sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. Konferensiya doirasida ishtirokchilar ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish hamda sanoat va oliy ta’lim integratsiyasini kuchaytirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilmoqda. Mazkur xalqaro konferensiyada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti delegatsiyasining ishtiroki universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

更多新闻