WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
13 一月一月一月 2026 14 次浏览

Amaliy ta’limni rivojlantirish yo‘lida "KNAUF" kompaniyasi bilan hamkorlik

"KNAUF" Gips Buxoro xorijiy korxonasi Axborot-maslahat markazi boshlig‘i Ferdavs Yashiyev va ushbu korxonaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha hududiy menejeri Azamat Sarsenbayev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi.

"KNAUF" Gips Buxoro xorijiy korxonasi Axborot-maslahat markazi boshlig‘i Ferdavs Yashiyev va ushbu korxonaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha hududiy menejeri Azamat Sarsenbayev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif doirasida mehmonlar universitet rektori B.Jollibekov bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha atroflicha suhbatlashdi. Uchrashuv chog‘ida oliy ta’lim muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, uni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, qurilish va texnologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish talablari asosida tayyorlashda "KNAUF" kompaniyasining ilg‘or tajribasi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Muzokaralar davomida o‘quv jarayonida, ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda "KNAUF" kompaniyasining ko‘rgazmali materiallari, texnologik namunalar va metodik vositalaridan keng foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu tashabbus talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

更多新闻