WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
← 全部新闻
14 十月十月十月 2024 12 次浏览

Adabiyot sarchashmalariga sayohat: Talabalar adiblar merosini yodga oldilar

Namangan shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga Kimyo-texnologiya fakulteti talabalari ekskursiya uyushtirdi. Tadbir fakultet tyutorlari tomonidan talabalar orasida o‘zbek adabiyoti vakillariga ehtirom ko‘rsatish va ularning merosini yodga olish maqsadida tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar O‘zbekiston adabiyotiga katta hissa qo‘shgan 10 nafar mashhur adibning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Ulardan Nodim Namangoniy, Hilvatiy, Muhammadsharif So‘fizoda, Nabixon Chustiy kabi shaxslar o‘z asarlari orqali milliy madaniyat va ma’naviyatni yuksaltirgan.

Bu kabi ekskursiyalar talabalar dunyoqarashini kengaytirib, ularga o‘zbek adabiyotining boy merosi bilan tanishish imkonini beradi. Adiblar xotirasi yosh avlod tomonidan ehtirom bilan yodga olinishi alohida ahamiyat kasb etadi.

©️Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

更多新闻