WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
纳曼干国立技术大学

Mechanical Engineering 2nd course

硕士 全日制 2年

专业介绍

Mashinashunoslik magistratura mutaxassisligi

Tavsif:

Ushbu ta’lim dasturi –barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni r'qitish, 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida, ishlab chiqarish xorxonalarida, jumladan: paxta tozalash sanoati, to4qimachilik va yengil sanoat hamda boshqa qator sohalar texnologik mashinalari, uzatish mexanizmlari, ishchi organlari, elektr yuritmalari harakat qonunlarini aniqlash, tahlil qilish va hisoblashning ilmiy, konstruktiv asoslarini o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Sanoatning barcha sohalarida mashina va mexanizmlarni takomillashtirish va yangi xonstruksiyalarni ishlab chiqishni qamrab oladi.  

Ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyatida: ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etish; ilmiy maqolalar, m a’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o'tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish; ilmiy adabiyotlar va internet tarmog'ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma'lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish; ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish; mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish; oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish; o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish; elektron (e-leaming), mobil (m-learning), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualarni mukammal o‘zlashtirish; pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida: ishlab chiqarish korxonalarida mashinashunoslikka oid loyhalash-konstruktorlik ishlarini o’rganish, tahlil qilish, ishlab chiqarish va qo'llash; ishlab chiqarish korxonalarida mashinashunoslikka oid loyhalash-konstruktorlik ishlarini o'rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo‘llash; ishlab chiqarish korxonalarida mashinashunoslikka oid loyihalash-texnologik ishlarini o'rganish, tahlil qilish, ishlab chiqish va qo'llash; ishlab chiqarish korxonalarida mashinashunoslikka oid loyihalash-konstruktorlik va loyihalash-texnologik ishlarini to‘liq bajarish ko‘nikma va malakasiga ega bo4lish; ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlarida ham mashinashunoslikka oid loyihalashkonstruktorlik ishlarini bajarish va ularni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lish; mashinashunoslikka oid loyihalash-konstruktorlik ishlarini hozirgi qo'yilgan talablar nuqtai nazaridan zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni qo‘llab bajarish ko‘nikmasi va tajribasiga ega bo‘lishi. 

Tahlil va nazorat faoliyatida: davlat, mahalliy hukumat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mashinashunoslik bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ulardan o4z faoliyatida foydalana olish; mashinashunoslik sohasida yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish; mashinashunoslik bo‘yicha ishlar sifatini oshirish va uni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish; mahalliy va xorijiy sanoat korxonalari va shaharlarning mashinashunoslikka oid jarayonlar hamda hodisalarni xarakterlaydigan ko4rsatkichlarni tahlil qilish va qiyoslash.

Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida: zamonaviy axborot texnologiyalari tizimidan foydalanib ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari hamda mexanizmlarini ishlab chiqish; ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish; bajarilayotgan ish rejasini tuzish va bu ishni nazorat qilish, ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni rejalashtirish, o‘z ishining natijalarini baholash; ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit muhofazasi, yong‘in, texnika va mehnat xavfsizligini talablariga mosligini monitoring qilish; kasbiy etika qoidalariga rioya qilish.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatida: mashinashunoslik bo'yicha ishlab chiqarish korxonalari obyektlari, jarayonlari, tizimlari, jihozlari va texnik vositalaridan samarali foydalanish; tizimlar, texnologik jarayonlar, ularning elementlari va texnologik hujjatlarni ishlab chiqishda ijrochilar jamoasi tarkibida ishtirok etish; mashimashunoslik bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari obyektlari, jarayonlari, tizimlari, jihozlari va texnik vositalarining ekspluatatsiya xavfsizligini ta’minlash; ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha texnologik yechimlarni ishlab chiqish; texnikaviy-iqtisodiy tahlil qilish; ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali usullarini tanlash va qo‘llash; mashinashunoslik bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari qurilmalari, hamda jihozlarini ishlatish bo‘yicha mavjud holatlarning analitik sharhini ishlab chiqish; mashinashunoslikka mos mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish. ixtisoslikka mos mavzu bo4yicha turli xizmatlarni ko‘rsatish.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami:
120 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi.

Jami auditoriya soati: 1800 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1140 soat

Ilmiy-pedagogik ish: 360 soat

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 300 soat

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

30

1 – 3

Magistrlik dissertasiyasi himoya qilish

Ilmiy amaliyot (stajirovka)

5

4

Attestatsiya

9

1 – 4

Ta’tillar

25

1 – 4

Kredit ta’lim tizimiga kirish

2

1,3

ITI va MD

29

1-4

 

Jami

100

   

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.

 

 

相似专业