专业介绍
60411200 – Marketing
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Tavsif:
Ushbu ta’lim yo‘nalishi “Biznes, boshqaruv va huquq” ta’lim sohasiga oid bo‘lib, turli mulk shakllariga tegishli tarmoq va sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish-iqtisodiy va tahlil xizmatlarini qamrab oladi. Yo‘nalish tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirish, ularning istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma va mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalarni o‘z ichiga oladi.
Kasbiy faoliyat sohalari va obyektlari:
Davlat va nodavlat tashkilotlar, korxonalar va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari; iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari; davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari; tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari; firma va kompaniyalarni boshqarish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.
Kasbiy faoliyat turlari:
Ilmiy-tadqiqot faoliyati: iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish; iqtisodiy axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tizimlashtirish; ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni tashkil etish; tadqiqot natijalari va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor faoliyatini rejalashtirish, tahlil qilish va boshqarish; istiqbolli va joriy rejalarni ishlab chiqish; korxonalarda marketing faoliyati uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish; marketing faoliyati monitoringi va sifatini baholash; boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Axborot-tahliliy faoliyat: tashqi va ichki muhit omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish; ichki axborot tizimi va ma’lumotlar bazasini yuritish; loyihalar samaradorligini baholash; bozor konyunkturasining o‘zgarish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qilish; marketing, savdo, moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish va sharhlash.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati: tovarlar va xizmatlar bozorida marketing faoliyati va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish; bozorni segmentlash, iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish, marketing tadqiqotlarini tashkil etish; tovar, narx, sotish va kommunikatsiya bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish; brendni boshqarish; marketing rejasi, raqamli marketing strategiyalari va elektron tijorat faoliyatini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Tadbirkorlik faoliyati: yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish; biznesni tashkil etish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va o‘z biznesini yaratish.
Mazkur ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan taqdirda, professional ta’lim muassasalarida vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muddati va o‘quv yuklamasi
Kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat dasturining me’yoriy muddati: 4 yil.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. 7200 soat.
Jami auditoriya soati: 6300 soat, 210 kredit.
Malakaviy amaliyot: 900 soat, 30 kredit, 8 semestr.
Yakuniy davlat attestatsiyasi: 8-semestr.
|
T/r |
O‘quv jarayonining tarkibiy qismi |
Haftalar soni |
Semestr |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
1 |
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestasiyasi |
|
2 |
Malakaviy amaliyot |
15 |
6 |
|
|
3 |
Attestatsiya |
21 |
1 – 8 |
|
|
4 |
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
5 |
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
6 |
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
7 |
GPA ko’rsatgichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami |
204 |
1–8 |
|
Malakaviy amaliyot turlari:
O‘quv-tanishuv amaliyoti
Ishlab chiqarish amaliyoti
Bitiruv oldi amaliyoti
Qo‘shimcha izohlar:
1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Malakaviy amaliyot umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan olingan nazariy bilimlarni amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirish hamda tegishli ko‘nikma, kompetensiya va malakalarni shakllantirishga qaratiladi.
相似专业
纳曼干国立技术大学
管理
14 000 000 so'm
每年
纳曼干国立技术大学
经济学 (Jīngjìxué)
14 000 000 so'm
每年
纳曼干国立技术大学
营销
14 000 000 so'm
每年
塔什干的韦伯斯特大学
经济学 (Jīngjìxué)
62 937 500 so'm
每年
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
金融与金融科技
40 000 000 so'm
每年
塔什干经济与教育大学
经济学 (Jīngjìxué)
15 000 000 so'm
每年